Uchrashuv davomida tog‘-kon sanoatida portlatish ishlarida qo‘llaniladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘nalishida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, HuHua Group tomonidan investitsiya kiritgan holda ushbu mahsulotlarni O‘zbekiston hududida mahalliy ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish istagi bildirildi.
Tomonlar mahalliylashtirish, texnologik hamkorlik va keyingi amaliy qadamlar bo‘yicha fikr almashdilar. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.





