Yuqori bosimli shlang ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya tashabbusi

HomeYangiliklarYuqori bosimli shlang ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya tashabbusi

Yuqori bosimli shlang ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya tashabbusi

Mahalliylashtirish markazida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish doirasida Hydro Component kompaniyasi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yuqori bosimli shlang mahsulotlarini mahalliy sharoitda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek ushbu yo‘nalish bo‘yicha investitsiya loyihasini “Eltech industrial” texnoparki hududida amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur loyiha import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, sanoat korxonalarini ishonchli va sifatli butlovchi qismlar bilan ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Tomonlar kelgusida hamkorlikni davom ettirish va amaliy qadamlar bo‘yicha kelishib oldilar.

Scroll to Top